O‘zbekistonliklar iyun oyida necha kun dam olishadi?

Eng avvalo, haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta’sir qilishini unutmaslik kerak. Ya’ni, 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar iyun oyida 11 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa iyunda 6 kun dam oladi.

1 iyun - shanba kuni, O‘zbekistondagi ba’zi xodimlar uchun ish kuni bo‘ldi. O‘zi shanba kuni haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar shundoq ham ishga chiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olishardi.

Ammo 12.11.2018 yildagi Prezident farmoni asosida 1 iyundagi dam olish kuni 6 iyunga ko‘chirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun:

1 iyun, shanba - ish kuni;

6 iyun, payshanba - dam olish kuni bo‘ladi.

Ramazon Hayiti arafasidagi dam olish kunlari

O‘zbekistonda 5 iyun chorshanba Ramazon Hayiti bayrami nishonlanadigan bo‘ldi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar uchun:

5 iyun, chorshanba - dam olish kuni;

6 iyun, payshanba - dam olish kuni;

7 iyun, juma - ish kuni;

8 iyun, shanba - dam olish kuni;

9 iyun, yakshanba - dam olish kuni.

Yana bir bor ta’kidlash joiz, bu faqat haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga taalluqli. Shanba rasman ish kuni bo‘lgan (6 kunlik ish haftasi) xodimlar hafta o‘rtasida faqat Ramazon hayiti kuni (5 iyun) dam olishadi, 6 iyun kuni esa ular uchun ish kuni bo‘ladi.

Shu sababli OAVlardan «5 va 6 iyun kuni o‘zbekistonliklar uchun dam olish kuni bo‘ladi» deya biroz noto‘g‘ri ma’lumot bermasliklarini so‘rar edim. Bu odamlarni chalg‘itadi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz.