O‘zbekneftgaz: Qashqadaryoda 26 yil avval faoliyati tugatilgan quduqdan tabiiy gaz olina boshlandi
- 05.02.2020 18:20
- 95
- O‘zbekiston
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi “Shimoliy Muborak” gazkondensat konining 35-sonli qudug‘i 1995 yilgacha gaz berib, o‘zining majburiyatlarini bajarib bo‘lgandan keyin tugatilgan quduqlar fondiga o‘tkazilgan edi.
Mutaxassislar tomonidan ushbu quduqda tubdan ta’mirlash dastgohi yordamida 2202 mertgacha ikkinchi yon-tana burg‘ulash ishlari amalga oshirildi.
Natijada quduqdan sanoat miqyosidagi kunlik 100 ming metr kub tabiiy gaz va 1,5 tonna gazkondensat olishga erishildi.
Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qo‘shish ishlari amalga oshirilmoqda.
Teglar:
O‘zbekneftgaz
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa