“O‘zbekneftgaz”AJ neft va gaz mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi "Iqtisodiyot va aholini energiya manbalari bilan barqaror ta’minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tizimini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan «O‘zbekneftgaz» uchta asosiy yo‘nalishda faoliyat yurituvchi jamiyatlarga bo‘lindi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

“O‘ztransgaz” AJ ichki bozorda gazni sotish, tashish va xarid qiluvchi tashkilot hisoblanadi.

“Hududgazta’minot” AJ Respublika bo‘yicha iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlovchi tashkilotdir.

“Muborakneftgaz” MChJ, “Sho‘rtanneftgaz” MChJ, “Ustyurtgaz” MChJ, “Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ yuridik shaxs tashkil qilmasdan “O‘zbekneftgaz” AJga qo‘shildi va neft va gaz qazib olish va gazni qayta ishlash boshqarmalariga aylantirildi.

“Neftegazinvest” MChJ, “Neftegazeksport” MChJ, “O‘zneftegazgeologiya” MChJ “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiga qo‘shilgan holda faoliyati to‘xtatildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ, "O‘zneftgazmash" AJlarni qayta tashkil etish jarayoni nihoyasiga yetkazildi.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha turdagi iste’molchilarni qish-kuz mavsumida uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida oktyabr oyiga nisbatan noyabr oyida o‘rtacha kunlik qo‘shimcha 5 million kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.

Hozirgi kunda Respublika iste’molchilarining ehtiyoji uchun tabiiy gaz qazib chiqarish xajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, kelgusida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.