O‘zgidromet: Bu hafta jazirama issiq chekinadi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun, 4 iyul kuni kunning o‘rtasiga kelib, termometr ustuni +35...+37 darajaga yetadi. Respublika shimolida Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi va harorat +26…+31 darajagacha pasayadi.

Ertaga havo massasining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent, Namangan viloyatlarida, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi +30...+35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

4-5 iyul kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

6 iyuldan 8 iyulgacha O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 6-7 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari +17...+22 daraja, kunduz kunlari +30...+35 daraja atrofida, janubda +37…+39 darajagacha bo‘ladi.