«O‘zgidromet»: O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin

12-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

Ushbu sanalarda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

Shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/s.gacha yetishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.