"O‘zgidromet" tezkor axborot bilan chiqdi: O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda
Unda aytilishicha, 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 17–18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.
16–18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
18–19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari -3...-8 darajagacha, kunduz kunlari 0...-3 darajagacha sovuq bo‘ladi. Shimolda 17–19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 darajagacha, kunduz kunlari 5-8 darajagacha pasayadi.