O‘zLiDeP faollari institut yoshlari bilan uchrashdi
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston - uchinchi Renessans sari” shiori ostida tadbir uyushtirildi. Unda saylov qonunchiligi, shuningdek, saylovlarda yoshlarning o‘rni va ishtiroki haqida so‘z bordi.
- Saylovlar butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etib, ular uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi deb ishonaman, - dedi institut rektori Xudaynazar Yunusov. - Bu yil O‘zbekistondagi saylovchilarning qariyb 33 foizini yoshlar tashkil etadi. Markaziy saylov komissiyasi raisining ma’lum qilishicha, hozirda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 21 million 249 ming 921 nafar saylovchi kiritilgan. Ularning 6 million 993 ming 924 nafarini (qariyb 33 foizi) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
Shundan 880 ming 155 nafar yoshlar bu yil ilk marotaba o‘zining saylov huquqidan foydalanadi.
Tadbir davomida O‘zLiDeP viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markaz rahbari Jamila Sayfiddinova so‘zga chiqib, partiyaning maqsad va vazifalari, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonida partiya a’zolarining burch va majburiyatlari, partiya safiga a’zo bo‘lish tartibi to‘g‘risida yoshlarga batafsil tushunchalar berdi.
Tadbirda institutning 1-bosqich talabalari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari va OAV vakillari ishtirok etdi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda faol talaba yoshlarga partiya estalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
matbuot xizmati.