Ozodaga muruvvatli insonlarning ko‘magi kerak

Bugun viloyat hokimi E.Turdimovning Past Darg‘om tumanida o‘tkazilayotgan sayyor qabulida Ishtixon tumani, Zarband mahallasi, Bog‘ibaland qishlog‘ida yashovchi Shohzoda Razzoqova murojaat qildi.
Sh.Razzoqovaning ta’kidlashicha, o‘zi va ikki qizi sariq kasalligining “V” hamda “D” guruhlari bilan xastalangan.
Ayniqsa, 2002 yilda tug‘ilgan Ozoda Razzoqovaning ahvoli juda og‘ir. U ayni paytda Respublika virusologiya markazida davolanmoqda. Unga qisqa fursatlarda jigar kuchirish operatsiyasi o‘tkazilishi kerak. Hindistonlik mutaxassislar nazoratida bo‘lgan Ozodaga tog‘asi donorlik qilmoqchi. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun esa 300 million so‘m zarur. Bunga esa shundog‘am nochor, uch yildirki, shifoxonama-shifoxona yurgan oilaning imkoniyati yetmaydi...
Sayyor qabulda viloyat hamda Ishtixon tumani hokimligi mutasaddilari murojaatchiga homiylarni jalb etgan holda amaliy yordam berishini bildirishdi.
Umid qilamizki, viloyatimizning ehsonli, muruvvatli kishilari ushbu muammoga bee’tibor bo‘lishmaydi.
Bemorning onasi Shohzoda Razzoqovaning nomiga ochilgan karta:
UzCard: 8600 0804 1883 7612 (Savdogarbank)
Tel: 97 1371270 97 3921270