Parijda asr o‘g‘riligi: Luvrdan o‘g‘irlangan narsalar ma’lum bo‘ldi

Fransiyaning Luvr shahrida sodir etilgan juda dadil o‘g‘rilik hodisasi ko‘pchilikni larzaga soldi. Jinoyatchilar fransuz imperatorlariga tegishli bo‘lgan to‘qqizta qimmatbaho buyumni — zebu-ziynatlar, serviz, marjon, sirg‘a, ikki toj va to‘g‘nag‘ichni o‘g‘irlab ketishgan, deb xabar bermoqda Le Parisien.
The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan buyumlar orasida “beqiyos qiymatga ega” jihozlar ham bor: 4 mingdan ortiq marvarid va olmos bilan bezatilgan imperator oilasi a’zosi Yevgeniyaning bosh kiyimi, 1855 yilga oid to‘g‘nag‘ich, 2 yarim mingta tosh bilan bezatilgan bezak bant, sapfir sirg‘a hamda Napoleon tomonidan rafiqasi Mariya Luizaga sovg‘a qilingan zumrad marjon.
O‘g‘rilar, shuningdek, Yevgeniyaning tojini ham olib chiqishga uringan, ammo qo‘riqchilar paydo bo‘lganida uni tashlab ketishgan. Politsiya o‘g‘irlangan buyumlardan birini topganini ma’lum qildi, ammo aniq qaysisini ekanini oshkor etmayapti.