"Parlament o‘yinlari": Samarqandda ushbu nufuzli sport musobaqasining birinchi kuni yakunlandi

Bugun xalq deputatlari Samarqand viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari o‘rtasida sportning voleybol va badminton turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi kubogi uchun “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarining viloyat bosqichi boshlandi.

Mazkur musobaqalar – senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, sportni ommalashtirish va uni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportning voleybol turidan Bulung‘ur tumani jamoasi 1-o‘rinni, Paxtachi tumani jamoasi 2- va Qo‘shrabot tumani jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi sportning badminton turi bo‘yicha bellashuvda Kattaqo‘rg‘on tumanidan Nigora Shodiyeva 1-o‘ringa, Samarqand shahridan Nasiba Alimova 2- va Bulung‘ur tumanidan Sevara Jumaqulova 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Jasurbek ShUKUROV.