Past darg‘omda qo‘shmachining ishi sudga oshirildi

Ammo ayol istiqomat qiladigan mahallaning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi boshqacha fikrlarni aytdi. "Bir necha bor ogohlantirishimizga qaramay, ayol shu ishini davom ettirdi. U tibbiyot kollejining hamshiralik yo‘nalishini tugatgan, ammo diplomi bo‘yicha ish topa olmadi. Sababi, o‘tgan yillar davomida Rossiyada mehnat qilgan, endilikda yana o‘zi ishlagan joyda ishlashi uchun qayta malaka oshirishi lozim". 

Ayol o‘zi aytganiday bir marta shu bilan shug‘ullanganmi yoki mahalla faolining gapiga ko‘ra, bir necha marta uyida "qo‘noq" qabul qilganmi, bunisi bizga qorong‘u. Ammo uning ishi sudga oshirildi. Ayni paytda ayolga Past Darg‘om tuman hokimligi tomonidan tegishli yordam ko‘rsatilayotir. Xususan, u tuman tibbiyot birlashmasida ishlashi uchun qayta o‘qitishga jo‘natilib, farzandini bog‘chaga joylashtirish masalalariga ko‘mak berilmoqda.