Past Darg‘om tumani Ma’rifat ko‘chasidagi nochor simyog‘och yaroqlisiga almashtirildi

Bugun ertalab saytimizning “Kun fotosi” rukni ostida Past Darg‘om tumani Juma shahridagi Ma’rifat ko‘chasida elektr simyog‘ochning yordamga muhtojligi xususida xabar bergandik. Ushbu masalaga "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatidan javob oldik.
Unda shunday deyiladi:
Ma’lum bo‘lishicha, Past Darg‘om tumani Juma shahridagi Samarqand mahallasi, Ma’rifat ko‘chasidagi simyog‘och ustunini noma’lum yuk avtomoshinasi urib voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda, simyog‘och ustuni yaroqsiz holga kelib qolgan.
Hozirda Past Darg‘om tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “shikastlangan” simyog‘och olib tashlanib, yaroqlisiga almashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 71-202-50-55, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (@hetmuloqot, @HET_admin) orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.