Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Past Darg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Murotqobilov Vahobjon Abdug‘aniyevich nomzodi Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

V.Murotqobilov 1974 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, Qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.