Past Darg‘omda 17 kishi janjallashgan. Janjal ishtirokchilari orasida ayollar ham bor

25 aprel kuni soat 19:00 larda 51 yoshli M.Bahodir boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Past Darg‘om tumani “Rovot-Bog‘onali” avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borgan.

Rovot qishlog‘ining ichki yo‘liga qayrilgan vaqtida, uning orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi 22 yoshli A.Mirjalol va uning yo‘lovchilari R.Ural, A.Tal’at, A.Firdavslar haydovchi M.Bahodirga avtomashinani noto‘g‘ri boshqarib, ularni avtomashinasini qisib yuborganligini aytib, haqorat qiladi.

Oqibatda Rovot-Bog‘onali qishlog‘ida yashovchi 17 nafar fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu janjalda ishtirok etgan 17 nafar fuqarodan 15 nafari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olganliklari, ulardan 3 nafari ayol kishi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida ushbu janjalning kelib chiqish sabablari, ayblanuvchilar doirasi aniqlanib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov davom etmoqda.