Past Darg‘omda yilning shu davrigacha 685 ming dollarlik pilla mahsuloti eksport qilindi

Bugungi kunda mamlakatimizda daromadli sohalardan biri pillachilikka katta e’tibor qaratilmoqda. Buni respublikamizning barcha hududlarida yiliga to‘rt marotaba pilla qurti boqish amaliyoti joriy etilganidan ham bilish mumkin.

Jumladan, Past Darg‘om tumanida ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanda 1 ming 105 gektar tutzorlar mavjud bo‘lib, 2020 yilda yana 300 gektar tutzor barpo etish rejalashtirilgan.

Joriy yil tumanda 272,4 tonna pilla jamg‘arildi. Shundan 685 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot qayta ishlanib, eksport qilindi. 300 ming AQSh dollariga 10 tonna ipak momig‘i, 385 ming AQSh dollariga 10,5 tonna ipak tolasi eksportga yo‘naltirilgan.
2020 yilda tumanda 277 tonna pilla xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.