Past Darg‘omdagi yangi qurilgan ko‘p qavatli bino gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulangani aniqlandi
- 24.07.2023 17:47
- 106
- Samarqand
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.X. (muqaddam sudlangan) va boshqalar Past Darg‘om tumanidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli binoni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 221,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa. Zamonaviy jodugarning qaydlari. Hikoya
- 3 soat avval
- Mutolaa
Pangat - tog‘lar bag‘ridagi maskan
- Bugun, 18:37
- Mutolaa
Bir yigitga qirq hunar oz
- Bugun, 17:36
- Iqtisodiyot