Paxtachida ham fuqarolardan biri noyob qushni milliy boqqa topshirdi
"Qizil kitob"ga kiritilgan Tasqara yirtqich qushi vaqtincha saqlash uchun «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i pitomnigiga topshirilgani haqida xabar bergan edik.
Paxtachi tumanining Ukrach mahallasida yashovchi M.Muhammadiyevning bog‘iga yovvoyi qush — ukki kelib qolgan. Qush hayotiga befarq bo‘lmagan yurtdoshimiz uni asrab qolish maqsadida mahalla profilaktika inspektoriga xabar bergan.
Shu kunning o‘zida profilaktika inspektori xabariga ko‘ra, tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi xodimlari voqea joyiga kelib, qushni sog‘lomligini ko‘zdan kechirilgan va qabul qilib olgan.
Ayni paytda Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi va "Zarafshon" milliy tabiat bog‘i mutaxassislari tomonidan ushbu qush veterinar vrach ko‘rigidan o‘tkazilib, vaqtincha parvarishlash uchun milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markaziga topshirildi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, tez orada qushning sog‘lomligi tekshirilib, u ochiq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.