Paxtachida teatr ijodkorlari o‘quvchilarga mahorat darslari o‘tdi

Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida “Men – teatrshunosman” loyihasi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda teatr aktyorlari, “Shuhrat” medali sohibasi Gulnora Rizayeva, rejissyor Feruzbek Abdurayimov va aktyorlar Jasurbek Islomov, G‘ayrat Murodovlar teatr san’ati, aktyorlik mahorati, sahnadagi jonli ijro, tomoshabinni spektaklga olib kirish mashaqqatlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.
Said Ahmad qalamiga mansub, rejissyor F.Abdurayimov tomonidan sahnalashtirilgan “Zirillama tomonlarda” spektaklidan parcha namoyish etilgani o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Salohiddin MUHIDDINOV.