Paxtachida yashirin sex tashkil etib, toshdan oltin va kumush ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
- 16.09.2020 12:40
- 452
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.E. noqonuniy daromad orttirish maqsadida tumandagi “Qoraqo‘ton” tog‘ tizmasi hududdan yashirin ravishda, tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bo‘lgan tosh xomashyosini o‘g‘irlik yo‘li bilan kovlab olib, o‘zi tomonidan yashirin tashkil qilingan sexda qayta ishlab, oltin moddasini ajratish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi. Yashirin sexdagi 9440 kilogramm toshda 189,6 gramm oltin moddasi va 257,8 gramm kumush moddasi mavjudligi hamda ularning umumiy qiymati 113,7 million so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Q.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa