Paxtachidagi masjidda chiqqan yong‘inning sababi nima?
- 22.01.2019 15:49
- 80
- Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berishicha, shu yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani Istiqlol mahallasida joylashgan «Xo‘ja Ziyovuddin jome’ masjidi»ning tom qismi 40 kv.metr maydoni yonib, zararlangan.
Xo‘sh, yong‘inni kelib chiqish sababi nima?
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni masjidning tom qismiga o‘rnatilayotgan gumbazni payvandlash jarayoni kechgan. Biroq ta’mirlovchilar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgan va yong‘in sodir bo‘lgan.
"101" raqamiga qo‘ng‘iroq qilingach, yong‘inni bartaraf etishga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning 181 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa