Paxtachilik fermer viloyatda birinchilardan bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

Paxtachida tuman dehqonlari 8 ming 195 gektar yer maydoniga chigit ekkan bo‘lib, g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazgani bois, mo‘l hosil yetishtirildi.
Bugungi kunda maydonlarda paxta xom ashyosi to‘liq pishib yetildi.
Tumanning “Yangi hayot 777” fermer xo‘jaligi tomonidan 17.9 gektar yer maydonida paxta yetishtirilgan. Tajribali fermer Umarjon Tojiyev boshchiligidagi xo‘jalik a’zolari qisqa muddatda qabul maskanlariga 48,2 tonna sifatli paxta xom ashyosini topshirdi. Birinchi terimdanoq har gektar yerdan 30 sentnerdan hosil yig‘ishtirib olindi.
Fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi
axborot xizmati.