Paxtachilik g‘allakorlar davlatga don topshirish shartnoma rejasini bajardi

Paxtachi tumanida bu yil g‘alla hosili uchun 204 ta fermer xo‘jaligi va klasterlar tomonidan 6 254 gektar g‘alla parvarishlandi.

“Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” g‘allachilik klasteri 204 ta fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma imzolab, shartnomaviy reja 15 921 tonna rejalashtirilgan bo‘lib, fermerlar shijoati bilan 13 ish kunida g‘alla 17500 tonnadan ortiq don olindi, ya’ni shartnoma rejasi 110 foizga bajarildi.

Tumanda o‘rtacha hosildorlik 78-80 sentnerni tashkil qildi.