Payariq tuman markazini Chelak shahri bilan bog‘lovchi yo‘lning qolgan qismi ta’mirlanmoqda
Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida 12 kilometrdan ortiq yo‘llar ta’mirlangan. Bu ishlarga 2 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan.
Shuningdek, Payariq tumani markazini Chelak shahri bilan bog‘lovchi 4R-49 avtomobil yo‘lining 5 kilometr qismi o‘tgan 2022 yili ta’mirlangan bo‘lib, joriy yilda qolgan 5 kilometrida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Navro‘z Rahimberdiyevga ko‘ra, mavjud me’yoriy qoidalarga asosan, asfalt qoplamasidan oldin, yo‘lning asosini mustahkamlab, nishabligi to‘g‘rilanmoqda, himoya vositalari, yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Umumiy hisobda to‘rt tasmali hisoblangan yo‘l o‘rtasida avtomobil vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun himoya to‘siqlari ham qo‘yilmoqda. Shuningdek, ta’mirlangan yo‘llarda tungi yoritgichlar ham o‘rnatilmoqda, deyiladi viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xabarida.