Payariq tumanidagi «Yoshlar markazi»da yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari 9:20 da yong‘inni bartaraf etgan. Binoning ikkinchi qavatida joylashgan «Kovorking markazi»ning 60 m2 plastikli shifti va tunukali tom qismi yong‘indan zarar ko‘rgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyiga Payariq tumani hokimi, Samarqand viloyati IIB YoXB, tuman prokuraturasi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari yetib borishgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

G‘olib ABDUSALOMOV.