Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda “Imom Buxoriy avlodlari bog‘i” yaratildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida e’lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Payariq tumani Xo‘ja Ismoil shaharchasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi rahbarligida viloyat diniy soha vakillari tomonidan “Imom Buxoriy avlodlari bog‘i” barpo etildi.

Tadbir avvalida o‘tganlar xotirasiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi. Viloyat hokimining diniy va jamoat tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari D.Mamadqulov va viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov ushbu ezgu tashabbus – “Yashil makon” umummilliy loyihasining global murakkab ekologik vaziyatni yumshatish va atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda inson salomatligini mustahkamlashdagi yuksak ahamiyatini qayd etdi.

So‘ngra bog‘ uchun ajratilgan hududda ko‘chat o‘tqazishga kirishildi. 1 gektar hududga 1500 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazildi.