Payariqlik 26 yoshli yigitga firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro M.G‘. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “Pul ishlash - Mir Cash” kanaliga a’zo bo‘lib, ushbu profil admini M.G‘.ning pulni qisqa vaqtda 2 barobar ko‘paytirib berishi to‘g‘risidagi gaplariga ishonib chuv tushganini bildirgan. Aytishicha, 400 000 so‘m pulni M.G‘.ning bank kartasiga o‘tkazib berganidan so‘ng, uni guruhdan chiqarib yuborib, bloklab qo‘ygan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi 20 yoshli X.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Jinoyat sodir etgan X.R. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, X.R. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.