Payariqlik Zuhra oyog‘ida mo‘yqalam tutib tanlovlarda g‘olib bo‘lmoqda

Payariq tumani Birlashuv mahallasida yashovchi Zuhra Usmonovaning onasi – Gulamza Bo‘riboyevaning aytishicha, shifokorlarning ehtiyotsiz muolajalari oqibatida bolalikdan ikkala qo‘li falaj bo‘lib, qalam tutishga yaramagan Zuhra rassomlikni tanlagan.

To‘rt-besh yoshidan boshlab qog‘ozga yorqin ranglardagi turfa suratlarni muhrlagan.

– Hayotga umid va ishonchimni mustahkamlagan, jamiyatda o‘z o‘rnimni egallashimga ko‘maklashgan insonlardan behad minnatdorman, – deydi Zuhra Usmonova. – Ulardan biri Payariqdagi 17-son musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi O‘ktam Omonovdir. Ustozimning maslahat va yordami bilan men tasviriy san’atni kashf qila oldim.

Zohir TO‘RAQULOV.

Zuhra Usmonova haqida “Zarafshon” gazetasining 67-sonidan ko‘proq bilib oling!