Payvand qilishni bilasizmi?

 

Bog‘lardagi daraxtlarning yaxshi o‘sishi uchun to‘g‘ri payvandlash zarur. Quyidagi daraxtlar payvandlanganda bir-birini yaxshi tutib ketadi: bodom shaftoli bilan, o‘rik tog‘olcha bilan, nok behi bilan, o‘rik shaftoli bilan.

Payvandust bilan payvandtag bir-biriga mos kelmaganda o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi, barglari erta to‘kiladi va daraxt erta qurib qoladi.
Noqulay ob-havo sharoitiga chidamliligi past bo‘lib, yaxshi birikib o‘smaydi.

Ba’zan bunday daraxtlar, bir necha yil davomida yaxshi o‘sadi va hosil beradi, lekin shox-shabbasi ma’lum yo‘g‘onlikka yetgach, shamoldan sina boshlaydi. Ayniqsa olxo‘rini o‘rikka, shaftolini o‘rikka payvand qilinganda sinish hollari ko‘proq kuzatiladi.

Xulosa qilib aytganda payvandtagning ma’lum darajada payvandust bilan yaqin qarindosh bo‘lishi, payvandlangan daraxtning normal o‘sishi va bir-birini yaxshi tutib ketishini ta’minlaydi.