Pensiya jamg‘armasi tizimida 5 718,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi

Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatining Ichki audit xizmati tomonidan 2022 yilning I yarim yilligida o‘tkazilgan barcha o‘rganishlar va nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha jami 3 292 holatda 5 718,3 mln.so‘mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlangan.

Xatoliklar quyidagi yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan:

➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 510,3 mln.so‘m;

➖Davlat pensiya va nafaqalarining noto‘g‘ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 179,7 mln.so‘m;

➖Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va byudjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln.so‘m.

Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.