Pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinyaptimi?
Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yil dekabr oyi pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun talab etilgan mablag‘lar 6 dekabr kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berilgan.
O‘z navbatida bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 3 dekabr kuniga qadar bank plastik kartalariga to‘liq yuklanib, naqd shaklda oluvchi fuqarolarga 13 dekabr holatiga 72 foiz to‘lovlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berildi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan 27 dekabr sanasiga qadar tasdiqlangan grafiklarga asosan pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘liq yetkazib berilishini ma’lum qilingan.