Poyezd urib yuborgan 12 yoshli bola vafot etdi
- 03.06.2020 15:10
- 378
- Hodisa
Joriy yilning 30 may kuni Farg‘ona viloyati IIB TXTBga Qo‘qon MTU navbatchisi A.X. soat 11:40 larda elektravoz mashinisti S.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “Marg‘ilon-Oltiariq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu to‘siqda joylashgan piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan Z.J.ni, o‘z ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborganligi haqida habar berdi.
Z.J. tanasining turli joyidan tan jarohati olib, Oltiariq tumani ShTTYoBga olib ketilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 2020 yil 2 iyun kuni shifoxonada vafot etdi.
Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bu haqda transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand