Poytaxtsiz davlatlar. Nega ularning poytaxti yo‘q?

Hammamiz mamlakatlarning poytaxti bo‘lishi kerakligiga o‘rganib qolganmiz. Darhaqiqat, dunyoda ko‘plab davlatlarda ular mavjud, biroq bu masalada ham istisnolar va o‘z shaharlaridan birini ajratib qo‘yishdan bosh tortgan ikkita davlat bor ekan. Xo‘sh, nima sababdan ular poytaxtsiz ishlashga qaror qilishdi?

Shveysariya

Берн — неофициальная столица

1847 yilda katolik va protestantlar kanton (Shveysariya tarkibiga kiradigan har bir ayrim o‘lka)lari o‘rtasidagi fuqarolar urushi tugadi. 1848 yilda esa allaqachon 3 kantonni o‘z ichiga olgan zamonaviy konfederal Shveysariya tashkil etilgan edi. Ularni bir butun yaxlitga aylantirgach, davlat poytaxtini aniqlash masalasi paydo bo‘ldi. Qaysi aholi punkti mos kelishini hal qilish bir necha sabablarga ko‘ra qiyin edi.

Ulardan biri – Napoleon bilan urush davridan tashqari, Shveysariya deyarli hech qachon poytaxtga ega bo‘lmagan. Shuning uchun hech kimni xafa qilmasdan tanlash kerak edi. Ikkinchidan, fuqarolar urushidan keyin kantonlar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda u yoki bu kantonga tegishli bo‘lgan aholi punktlaridan biri tanlanib qolinsa, qolgan ikkitasining aholisi o‘z shahriga nisbatan zulm qilinayotganligiga qaror qilishlari mumkin edi.

Bahs qo‘zg‘atishni istamagan, faqat mamlakat farovonligini o‘ylaydigan Shveysariya kantonlarni avtonom va teng huquqli qilib qoldirishga qaror qildi. Shu tarzda madaniyati va an’analari turlicha bo‘lgan odamlar uchun bir mamlakatda birga yashash oson edi. Natijada har bir kanton o‘z boshqaruvi, tili va me’yoriy-huquqiy bazasiga ega bo‘ldi.

Dastlab Shveysariya poytaxti nomiga 3 ta da’vogar shahar bo‘lar edi, ammo hukumat ulardan birini tanlay olmadi va rasmiy ravishda poytaxtsiz qolishga qaror qilindi. Ayni paytda mamlakatning ayrim aholisi, ayniqsa unda yashovchilar Byorn shahrini poytaxt deb ataydi.

Nauru

Ярен — неофициальная столица

Bu Tinch okeanidagi maydoni atigi 21 kvadrat kilometr va aholisi 15 ming kishi bo‘lgan eng kichik orol davlati. O‘z tarixi davomida orol turli mamlakatlar - Germaniya, Angliya va hatto Yaponiyaning bir qismi bo‘lgan. Nauru 1960 yillarning oxirida mustaqillikka erishdi.

Bir paytlar orol fosfatlar mavjudligi bilan mashhur edi, biroq konlar butunlay tugadi. Hozir aholi asosan baliqchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Mitti davlatning rasmiy poytaxti yo‘q. Parlament va aeroport joylashgan Yaren shahri davlatning norasmiy poytaxti hisoblanadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.