Prezident: “Bironta hokim va tarmoq rahbarining ish o‘rinlarini kamaytirishga, bandlik rejalarini bajarmaslikka haqqi yo‘q”
Ayni vaqtda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda davlat rahbari shu haqda gapirarkan “Agar qaysi hokim bu ishlarni qilmasa, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi”, deya ogohlantirdi.
Videoselektorda tashqi xavf-xatarlarni yumshatish maqsadida tadbirkorlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab olindi.
Jumladan:
- banklar tomonidan tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trillion so‘m “revolver” kreditlar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ajratiladi;
- davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot yetishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta’limga ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi.
“Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ajratiladigan mablag‘larni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz”, dedi Prezident.