Prezident qarorida keltirilgan rag‘bat karantin zonada ishlagan shifokorlarga tegishli emasmi?

– Navoiydagi "Metallurg" sixatgohida 14 kun davomida karantinda shifokor sifatida ishladim. Karantin tugadi va hamma sog‘ayib uylariga qaytishdi. Biz vrachlarga hokimiyat tomonidan 2 million so‘m berildi. Prezidentimizning bir martalik rag‘batlantirishga oid qarori bizga ham tegishlimi?

Ushbu savolga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov javob berdi:

– Agar siz karantinda laborator tasdiqlangan bemorlarni davolagan bo‘lsangiz va shu bilan xavf ostida bo‘lgan bo‘lsangiz, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan rag‘batlantirish qarori sizga ham taalluqli bo‘lar edi.

Karantinda bo‘lganlarning hammasi sog‘ bo‘lsa, asosiy moyanangizga qo‘shiladigan foiz beriladi, xolos.