Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi
- 09.04.2019 13:05
- 130
- Xorij

Qozog‘istonda vaqtinchalik prezidentlik qilayotgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib mk.ru xabar bermoqda.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nazarboyev iste’fosi ortidan Qozog‘istondagi muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovi joriy yilning 9 iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nazarboyev iste’fosidan so‘ng parlament spikeri vazifasidan vaqtinchalik prezident vazifasiga o‘tgan edi. U prezidentlik faoliyatini boshlashi bilan mamlakat poytaxti nomini Ostonadan Nur-Sultonga o‘zgartirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Shifobaxsh" olma
- Kecha, 13:46
- Mutolaa
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- 06/09, 14:39
- O'qing, qiziq!
Noqonuniy qurilishlarga barham beriladi(mi?)
- 06/09, 10:39
- Samarqand