Prezident saylovi: Samarqandlik "Adolat"chilar qurultoyga delegatlarni sayladi
9 iyul kuni muhim siyosiy tadbir – muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mazkur saylovda faol ishtirok etish uchun tayyorgarlik jarayonlarini boshladi.
Bugungi kunda partiyaning viloyat, shahar va tuman Kengashlari tomonidan joylarda hududiy partiya konferensiyalari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularda XI Qurultoyda qatnashadigan delegatlar saylanmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri partiyaning Samarqand viloyat Kengashi tomonidan ham o‘tkazildi. Unda qurultoyda ishtirok etadigan delegatlarni saylab olishdi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda “Adolat” SDP Samarqand viloyat Kengashi tarkibida 65 mingga yaqin fuqaroni o‘z safiga biriktirgan 820 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Ushbu BPTlarda partiyaviy loyihalarni munosib darajada ijro etayotgan, aholi muammolarini aniqlash va ularga maqbul yechim topishda faollik ko‘rsatayotgan hamda partiya g‘oya va mafkuralarini joylarda targ‘ib qilayotgan a’zolar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu bois hududiy konferensiyalarda partiyaning navbatdagi qurultoyiga delegat saylash masalasida bir to‘xtamga kelish oson kechmadi.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston “Adolat” SDPning maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilishda, partiya tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlarda ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirishda faol bo‘lgan partiya a’zolari va faollaridan 11 nafari delegat etib saylandi.
Shuningdek, konferensiya kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Gulnafisa Abdumurodova.