Prezident Shavkat Mirziyoyev "II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi" ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
"Biz xalqimiz bilan bamaslahat ishlab chiqilgan va hozirgi vaqtda jadal amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida barcha sohalarda faol islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldik.
Xususan, mamlakatimizda 2022-2026 yillarda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, inson kapitalini rivojlantirish va kambag‘allikni kamida 2 barobarga qisqartirishni maqsad qilganmiz. Buning uchun, biz quyidagi ustuvor vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirmoqdamiz.
... Albatta, Yangi O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan yuksak marralarni amalga oshirishda xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va yetakchi kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Shu o‘rinda, bizga xayrixoh bo‘lgan, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan barcha hamkorlarimizga o‘z minnatdorligimni bildiraman", deyiladi tabrikda.