"Prezident sovg‘asi" ortilgan samolyot yetib keldi

Samarqand xalqaro aeroportiga erta tongda viloyatdagi mehribonlik uylari, SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan chin yetim bolalar shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga beriladigan "Prezident sovg‘asi" ortilgan samolyot yetib keldi.
Mazkur sovg‘alar 29 dekabr kuni viloyatimizning shahar va tumanlarda o‘tkaziladigan Prezident archasi bayram tadbirlarida bolajonlarga topshiriladi.