Prezident yangi samolyotining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)
- 19.08.2019 14:26
- 650
- O‘zbekiston
Internetda O‘zbekiston prezidentining bo‘lajak samolyoti haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqida “Buyuk kelajak” eksperti Rakhmad Sobirov Facebookda xabar qildi, deb yozmoqda Sputnik.
“Boeing 787-800, Dreamliner VIP, Uzbek Air Force One, Registration No: UK001. MSN: 64435. Bayrog‘imizning ranglari juda yarashibdi! Xalqimizning xizmatini bajarishda Prezidentimizga ko‘makdosh bo‘lsin bu samolyot! Bu samolyot Xudo xohlasa ko‘p yillar xizmat qiladi va uzoqni yaqin qiladi. Endi bemalol transatlantik parvozlarni to‘xtamasdan amalga oshirsa bo‘ladi!”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar O‘zbekiston prezidenti xorijiy safarlarida Boeing 767-300 samolyotidan foydalanar edi. Ushbu samolyotning parvoz uzoqligi 6 000 dan - 9000 kilometrgacha. Boeing 787-800 – esa 14 000 km.gacha to‘xtovsiz ucha oladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa