Prezidentlik saylovida majburiy imzo yig‘ish kuzatilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda "Milliy tiklanish" partiyasining prezidentlikka nomzodi uchun majburiy imzo yig‘ilayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu holatga Alisher Qodirov izoh berdi.
"Prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerak.
Sizni imzoingiz – huquqingizdir. Sizni majburlashlariga yo‘l qo‘ymang.
Yuqoridagi holat qaysi tumandagi qaysi maktabda sodir bo‘lgani aniqlanadi va tasdiqlansa ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi.
Imzo yig‘ish jarayonida partiyamiz faollari tomonidan bosimga uchrasangiz ma’lumotlarni @alisherqodirov_bot manziliga ma’lum qiling.
Biz xalqimizga xizmat qilish yo‘lida samimiy va fidoyi tarafdorlarimizga tayanamiz.
Biz ochiq va shaffof raqobat tarafdorimiz", deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni o‘tgan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining navbatdan tashqari plenumida partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida taklif etilgan edi.