Professional boksda Samarqandlik Mehroj Mavlonov chempion bo‘ldi

Musobaqada 61 kilogramm vazn toifasida samarqandlik Mehroj Mavlonov namanganlik raqibi Burgut Hojiboyev ustidan g‘alaba qozondi. Shuningdek, andijonlik Shahzodbek Sharobiddinov, Toshkent viloyatidan Beksulton Ravshanov, surxondaryolik Shahzod Mauzerov va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan bokschi Renat Rahimov barcha raqiblarini yengib, birinchi o‘rinni egalladi.
Tadbir davomida respublika boks federatsiyasi tomonidan viloyat hokimligiga sportning boks turini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnoma berildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.
Husan ELTOYeV.