​Pul o‘tkazmalari: Yillik hisobda o‘smoqda, oylik hisobda kamaymoqda

2024 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 12,6 mlrd. dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paygan, deb yozmoqda bakiroo.

Lekin iyuldagi maksimumdan keyin pul o‘tkazmalari hajmi oyma-oy kamayishni boshlagan. Rossiya va Qozog‘iston valyutalari kursi pasayishi tezlashgani hisobga olinsa, noyabrda ham kamayish davom etgan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari o‘zlashtirayotgan yuqori daromadli bozorlardan o‘tkazmalar yuqori o‘sayotgani e’tiborli. Transchegaraviy pul

o‘tkazmalari hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan AQShdan 37 foizga, Janubiy Koreyadan 71 foizga, Buyuk Britaniyadan 76 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga o‘sish kuzatilgan.

2024 yil boshidan ishlash istagida bo‘lgan 113 ming nafardan ziyod fuqarolar, asosan, rivojlangan mamlakatlarga rasmiy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborilgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 barobarga oshgan.

Pul o‘tkazmalarini R2R yoki SWIFT orqali yuborish tobora ommalashmoqda.

O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd. dollarni tashkil qilgan (o‘tgan yilning tegishli davri ma’lumotlari keltirilmagan).