Pullar nomlanishi nimani anglatadi?
Nega “dollar”, “iyena”, “rubl” aynan shunday nomlangan va faqat “yevro” o‘z qit’asiga yaqin va ismi jismiga mos? Ushbu maqolada pullarning nomlanish tarixi to‘g‘risida bilib olamiz.
Yapon “iyena”si
Bu pullarning eng sirli nomi aqlbovar qilmaydigan oddiy yechimni o‘z ichiga oladi. “Iyena”ning xitoylik ajdodi bor va uning undosh tarzdagi nomi: “yuan”.
Xitoy “yuan”i
Qiziquvchan o‘quvchida darhol unda “yuan” nimani anglatadi?, degan mantiqiy savol tug‘iladi.“Yuan” tarjimada – “yumaloq narsa” yoki “yumaloq tanga” degan ma’noni beradi. Sin sulolasi davrida xitoyliklar shunday fikrda bo‘lganekanlar.
Rus “rubl”i
Olimlar “rubl” so‘zining kelib chiqishi haqida har xil taxminlarni keltirishadi. Birinchisi, “rubl” hind “rupiyasi” nomidan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi ommabop gipoteza mavjud. Ikkinchisi, go‘yo rubl katta kumush parchasidan kesib olinganligi ko‘zda tutilib “rubka” - “bo‘lish, kesish” so‘zidan kelib chiqqanlik taxmini.Uchinchisi, “rubets” (chandiq) so‘zidan (po‘lat eritilganidan keyin tanga chetidagi chandiq ko‘zda tutilgan) paydo bo‘lgan. Garchi g‘alati ko‘rinsada, oxirgi versiya juda mashhur: dyehqonlar qo‘liga rubl tushishi bilan juda xursand bo‘lib, "baqiriq” (vopl) qilganligi to‘g‘risidagitaxminlar ham yo‘q emas.
Amerika “dollar”i
Bu nom Yevropa tangasi – “taler”dan meros bo‘lib o‘tgan. Taler XVI–XVII asrlarda asosiy jahon pul birligi edi. Ha, dollarning nomlanishi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan bor gap shu.
“Funt sterling”
Qadimdan bu nom bizga bir funt (ba’zi Yevropa davlatlarida ishlatilgan massa birligi) kumush haqida gapiradi, uning kichik kumush tangabo‘laklari esa “sterling” deb atalgan. Yana bir gipoteza ham keng tarqalgan bo‘lib, u Germaniyadagi mashhur “Easterling” savdo hududidan kelgankumush tangalarni bildirgan “sharq kumushi”atamasidan kelib chiqqan.
Yevropa “kron”i
Lug‘atsiz ham shifrlash oson bo‘lgan nomlanish: tabiiyki, u “toj” –“korona” so‘zidan meros bo‘lib qolgan.
Italiya “lira”si
Garchi bu pul birligi Italiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa-da, Turkiya, Suriya va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarida ularning o‘z “lira”larihamon amalda. Dastlab, lira kumushni tarozida tortish uchun ishlatiladigan og‘irlik birligi edi.
Lotin Amerika “pyeso”si
Milliy “peso”lar Argentina, Kolumbiya, Chili hududlarida muomalada yuradi. Ularning barchasi o‘rta asrlardagi ispan “peso”sining merosxo‘rlari bo‘lib, mahalliy tilda “og‘irlik” degan ma’noni anglatadi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.