Putin bilan uchrashgan bosh shifokorda koronavirus aniqlandi
- 01.04.2020 09:34
- 379
- Xorij
Kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kommunarkada koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan tibbiy muassasaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu 40-klinik shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoga COVID-19 tashxisi qo‘yildi.
Denis Protsenko Facebookdagi sahifasida koronavirus infeksiyasini yuqtirganini va o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirdi. Shuningdek, shifokor xizmat xonasida o‘zini izolyasiyaga olganini va masofadan ish olib borayotganini aytib o‘tgan.
Prezident bosh kotibi Dmitriy Peskov Prezident muntazam ravishda koronavirusga test topshirib turganini va hammasi joyida ekanligini ma’lum qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa