Putin va Tramp telefon orqali koronavirusga qarshi kurashish haqida gaplashdi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp kecha, kechqurun telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida mamlakat rahbarlari COVID-19 koronavirusini dunyo bo‘ylab keng tarqalib ketishi bilan bog‘liq jiddiy choralar ko‘rilishi zarurligi haqida va neft bozoridagi vaziyat bilan bog‘liq muammolarni maslahatlashgan holda hal qilish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbarlari koronavirusning keng ko‘lamda tarqalib ketganligi bilan bog‘liq jiddiy xavotirlarni bildirishdi va Rossiya bilan AQShda xavfga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashdi. Ikkala davlat o‘rtasida, ushbu yo‘nalishda yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi”, deyilgan xabarda.

AQSh va RF yetakchilari dunyo neft bozoridagi hozirgi holat haqida fikr almashdilar va bu borada Rossiya-Amerika maslahatlari orqali faoliyat olib borilishiga shartlashishdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi boshqa masalalarga ham to‘xtaldilar va aloqalarni davom ettirishga kelishdi.