Pyakyaxin konidagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi vatanga olib kelindi
- 25.12.2019 10:30
- 137
- Hodisa
Rossiyaning Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlari O‘zbekistonga yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2019 yilning 8 dekabr kuni Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Bugunga qadar kondagi yong‘inda vafot etgan o‘zbek fuqarolarining shaxsini aniqlash bo‘yicha protsessual jarayonlar, konsullik huquqiy masalalar va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlangan.
Bundan oldin Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar qilingandi.