Qadimda tabaqa, bugun omad belgisi yoxud «tatuirovka» vasvasasi
Ishga avtobusda borib kelaman. Bir kuni qarshimga yosh yigit kelib o‘tirdi. Yigitning o‘ng bilagidagi og‘zidan olov purkab turgan ajdar, chap bilagida esa dumini gajak qilib turgan sariq tusli chayon surati va turli naqshlarga ko‘zim tushdi.
To‘g‘risi, tanasini «rassom taxtasi»ga aylantirgan bu yigitni sayyoh deb o‘yladim. Afsuski, u o‘zimizning zamonaviy yoshlardan biri ekan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda «tatuirovka»dan kambag‘al insonlarning boshqalardan ajralib turishi uchun qilingan maxsus muhr sifatida foydalanishgan. Bugungi kunga kelib esa uni san’at darajasiga chiqarib ulgurdik. Bu ham yetmaganidek, ayrim yoshlar tanasiga turli belgilarni chizdirish «omad» chaqirishiga ishonishlari kishi ta’bini xira qiladi.
Mutaxassislarningaytishicha, «tatuirovka» uchun foydalaniladigan bo‘yoqlar turli klinik muammolarni, jumladan, teri saratonini keltirib chiqarishi, OITS, OIV va gepatit C ga chalinishga moyil qilib qo‘yishi mumkin. Dunyo bo‘yicha har yili 80 mingdan ortiq inson, aynan tanasidagi turli bo‘yoqlar sabab yuqumli, surunkali yoxud bedavo xastaliklarga chalinadi.
Bundan ikki-uch yil oldin ma’rifatparvar yoshlardan Muhammadali Eshonqulov do‘ppi kiyib, do‘ppi chellenjini ommalashtirgan edi. Hozir ko‘pchilik yoshlar milliy bosh kiyimimiz sanalgan do‘ppida yuradi, ularni ko‘rib quvonasan kishi.
Shu bois bugun ziyolilar, yoshi kattalar milliy madaniyatimizni yoshlarga o‘rgatishda, uni targ‘ib qilishda o‘rnak bo‘lishi va o‘zini ko‘rsatishi kerak, deb o‘ylayman. Shunda yoshlar "totiurovka"ning zararlarini tushunib yetadi.
Marvaridbonu Jumayeva.