Qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatilishi kerak

Chakana savdo qoidalariga ko‘ra, tortib sotiladigan tovarlar sotishdan oldin sotuvchi tomonidan qadoqlangan va o‘ralgan taqdirda, yaroqlilik muddati qisqa bo‘lgan tovarlarni qadoqlash hajmi savdoning bir kuni mobaynida ular sotiladigan hajmdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

✅ Qadoqlangan tovar o‘ramiga etiketka yopishtiriladi. Unda:
👉 tovar nomi;
👉 tayyorlovchi korxonaning yoki tayyorlovchi mamlakatning nomi;
👉 bir birligining bahosi;
👉 tayyorlangan sanasi;
👉 yaroqlilik muddati;
👉 qadoqlangan sanasi;
👉 qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi.
❗️ O‘ramdagi og‘irligi ko‘rsatilgan, tayyorlovchi tomonidan qadoqlangan va o‘rab-joylangan oziq-ovqat tovarlarini sotishda ular qo‘shimcha ravishda tarozida tortilmaydi.