Qadr kechasi haqida 10 savolga 10 javob

  1. Savol: «Qadr» so‘zining ma’nosi nima?

 Javob: Ushbu so‘zning «yuksak sharaf», «miqdor» va «belgilangan vaqt yoki makon» kabi ma’nolari mavjud.

  1. Savol: Nima uchun «Qadr kechasi» deya nomlangan?

Javob: Ulamolar bu savolga bir qancha javoblar berishgan:

Bu kechaning darajasi juda ulug‘ bo‘lgani uchun;

Alloh taolo bu kechada duolarni ijobat qilgani uchun;

Bu kechada bedor bo‘lib ibodat qilganlarning ajr-savoblari bir necha barobar ko‘paytirib berilgani uchun;

Alloh taolo bu kechada qilingan solih amalni ming oydagi amaldan yaxshiroq qilib qo‘ygani uchun;

Bu kechada bedor bo‘lganlarning gunohlari kechirilgani uchun;

3. Savol: Bu kechaning boshqalaridan qanday ustunliklari bor?

Javob: Kechaning boshqalaridan bir qancha ustunliklari bor:

Ushbu kechada Qur’on Lavhul Mahfuzdan dunyo osmoniga nozil qilingan;

Bu kechada Alloh taolo farishtalarini osmondan yerga tushiradi;

Bu kecha omonlik va salomatlik kechasi bo‘ladi;

  1. Savol: Bu kechani qanday o‘tkazish kerak?

Javob: Qur’on tilovati, namoz, zikr va duolar bilan ibodat qilib o‘tkazish lozim.

  1. Savol: Bu kechada qoyim bo‘lishning hukmi nima?

Javob: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bajargan va bunga targ‘ib qilgan amal bo‘lgani uchun sunnat amal sanaladi.

  1. Savol: Ushbu kechada nima deb duo qilinadi?

Javob: Ushbu kechada quyidagi duo ko‘proq aytiladi: «Allohumma innaka a’vuffun, tuhibbul a’fva fa’fu a’nniy» (Ma’nosi: Allohim, Cyen marhamatli Zotsan, afv etishni suyasan, meni kechirgin!).

  1. Savol: Qadr kechasini Ramazonning qaysi kechalaridan izlash lozim?

Javob: Ramazonning oxirgi o‘n kunligidagi toq kechalar, xususan, yigirma birinchi va yigirma yettinchi kechadan izlash maqsadga muvofiqdir.

  1. Savol: U barcha Ramazon oylarida bo‘ladimi yoki faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlariga xosmi?

Javob: U  qiyomatga qadar barcha Ramazon oylarida bo‘ladi. 

  1. Savol: Nima uchun uning aniq qaysi kun ekani maxfiy qolgan?

Javob: Buning hikmatlaridan biri musulmonlarni ixlos va muhabbat bilan Ramazonning oxirgi o‘n kunligini to‘liq ibodat ila o‘tkazishga targ‘ib qilishdir.

  1. Savol: Kechaning qanchasida qoyim bo‘lish lozim?

Javob: Kechaning ba’zisini ibodat bilan o‘tkazish mumkin, ammo to‘liq ibodat qilish afzaldir.

 

Manbalar asosida

Iysoxon Yahyo tayyorladi.

http://muslim.uzdan olindi.