Qadri baland ustozim!

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ana shu shior ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 450 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan oliygohda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun zamonaviy bilimga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanayotgani, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar ta’lim tizimining barcha jabhalariga tatbiq etilayotgani e’tirof etildi.
Samarali mehnat qilib, ta’lim sohasidagi islohotlarni amaliyotda qo‘llab kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va murabbiylar institutning fahriy yorliqlari, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulchehra BERDIYoROVA.